07:30 / 15.04.2019
3 711

Oʻzbekiston musulmon sayyohlarni eng koʻp jalb qilayotgan davlatlar oʻntaligiga kirdi

Oʻzbekiston musulmon sayyohlarni eng koʻp jalb qilayotgan davlatlar oʻntaligiga kirdi
2019 yilgi Jahon musulmon sayyohlari reytingida Oʻzbekiston Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlar orasida musulmon sayyohlarni jalb qilayotgan eng jozibador oʻn davlat qatoridan oʻrin oldi. Bu haqda Global Muslim Travel Index 2019 hisobotida qayd etildi.

Ushbu oʻntalikka, shuningdek, Saudiya Arabistoni, Turkiya, Malayziya, BAA va Indoneziya kabi musulmon mamlakatlari kirgan.

Hisobotda qayd etilishicha, Oʻzbekiston IHTga aʼzo davlatlar orasida musulmon sayyohlari uchun qulayligi boʻyicha 18-oʻrinni olgan. Ushbu roʻyxatda Malayziya, Indoneziya va Turkiya mamlakatlari yetakchilikni qoʻlgan kiritgan. Qozogʻiston va Ozarboyjon esa Oʻzbekistondan keyin 19- va 20-oʻrinlarni egallagan.

Yuqorida qayd etilgan reytingni tuzishda mamlakatlar iqlimi, xavfsizligi, iqtisodiyoti, transport infrastrukturasi va koʻrsatiladigan xizmatlar kabi omillar hisobga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekiston musulmon sayyohlarni eng koʻp jalb qilayotgan davlatlar oʻntaligiga kirdi