O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ukrainaning saylangan prezidenti Vladimir Zelenskiyni saylovdagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Aminmanki, an’anaviy do‘stlikka, ikki tomon uchun foydali hamkorlikka hamda o‘zaro manfaatlarni inobatga olishga asoslangan O‘zbekiston-Ukraina munosabatlari mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida yanada izchil rivojlanadi», – deyiladi davlat rahbarining maktubida.
Shavkat Mirziyoyev Vladimir Zelenskiyga mustahkam sog‘lik, xotirjamlik va davlat ishida muvaffaqiyat, do‘st Ukraina xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.
Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida raqibi, amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi - u saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
103 yoshli italiyalik ayol haydovchi jarimaga tortildi
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi
Qirg‘iziston prezidenti masjidda namoz o‘qib, iftorlik berdi
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Saudi Aramco rahbari yashil energetikaga o‘tish xayolidan voz kechishga chaqirdi
Putin: Rossiyaning yadroviy triadasi boshqalarga qaraganda zamonaviyroq