“Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.
- Qaror loyihasiga “farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
- “Pensiya va nafaqa tayinlanganligi holati to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
- “Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa tayinlash yuzasidan murojaatlar bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
- “Pensiya va nafaqa miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti”;
- “Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun beriladigan nafaqa pulini tayinlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” ilova qilingan.
Hujjat loyihasida 2019 yilning 1 avgustiga qadar ma’muriy reglamentlar bo‘yicha davlat xizmatlarini Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali joriy etilishi qayd etilgan.
Pensiyalar tayinlanganligi holati va ularning to‘lovi miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘liq avtomatlashtiriladi.
Shuningdek, qaror loyihasida bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa va dafn marosimi uchun nafaqalar tayinlash yuzasidan murojaatlar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilishini ta’minlash maqsadida Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ma’lumotlar bazasini “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi ta’minlash qayd etilgan.
Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali bola tug‘ilgan kundan boshlab 6 oy muddat ichida murojaat qilingan taqdirda Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladi va nafaqa puli AT “Xalq banki”ning tegishli filiallari tomonidan to‘lanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi
Turkiyaning kutilmagan qadami: Isroil bilan savdo to‘xtatilgani nimani anglatadi?