2 921
Jurnalistlar va OAV vakillarining sud majlislarida ishtirok etish tartibi aniqlashtiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Oliy sud va Adliya vazirligi bilan hamkorlikda “Sud organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi hamkorlikni izchil rivojlantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Kun.uz nashrining xabar berishicha, davra suhbati doirasida bildirilgan fikrlar, bahs-munozaralar quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi:
“Jurnalistlar va OAV vakillarining sud majlislarida ishtirok etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom loyihasini ishlab chiqish va qabul qilish. Bunda:
– qanday hollarda alohida ochiq sud majlislarida jurnalistlarning ishtiroki yoki audio va videotasvirga olish moslamalaridan foydalanishi taqiqlanishi va ruxsat berilishini aniqlashtirish;
– sud qarori kuchga kirmagunga qadar OAV vakillari ishning tafsilotlarini, tomonlar chiqishlari va boshqa holatlarni yoritmasligi aniq belgilanib qo‘yilishi lozim.
Jurnalistlar uchun ularning huquqiy bilimi, sud jarayonlarini yoritish masalalari bo‘yicha kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan seminar-treninglarni doimiy ravishda tashkillashtirish.
Sudyalarning OAV bilan hamkorligini o‘rnatish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini kuchaytishga yo‘naltirilgan seminarlar, matbuot anjumanlari va press-turlarni muntazam tashkil qilish. Oliy sud veb-saytida ochiq sud majlislari jadvalini har kuni yangilab borilishini ta’minlash.
Matbuot anjumanlari, brifinglar o‘tkazish, dolzarb sud jarayonlari, shu jumladan, jamoatchilik orasida shov-shuvga sabab bo‘lgan ishlar borasida Oliy sudning rasmiy bayonotlari o‘z vaqtida e’lon qilinishini ta’minlash. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda