13:42 / 12.07.2019
3 927

Jizzax tumanlaridan biri suvsiz qolishiga nima sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi

Jizzax tumanlaridan biri suvsiz qolishiga nima sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi
Zomin irrigatsiya tizimi boshqarmasi Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hududidagi DM-1 kanalida 10 kundan beri suv yo‘qligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Boshqarmaning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, DM-1 kanalining umumiy uzunligi 98,7 kilometr bo‘lib, shundan boshqarmaga qarashli qismining uzunligi 67,0 kilometrni tashkil etadi. Boshqarma suvni qabul qilib olish uchun Jizzax bosh nasos stansiyasidan PK 317dan suvni qabul qilib oladi. Hozirgi kunda DM-1 kanalidan Zomin, Zarbdor, Paxtakor, Sharof Rashidov va Forish tumanlaridagi ekin maydonlariga suv boradi.

Shundan, Sharof Rashidov tumanidagi «O‘zbekiston» SIU, «Samarqand-quduq» SIU, «Alisher Navoiy» SIU, «Uchtepa» SIU va «Qulpisar» SIUlari suv bilan ta’minlanadi. Sharof Rashidov tumanining «Qulpisar» SIUda joylashgan «Qili marjoni» fermer xo‘jaligida 300 gektar paxta maydoni mavjud bo‘lib, birinchi suv bilan paxta maydonlari to‘liq sug‘orilgan. Ikkinchi suvdan 270 gektar paxta maydoni suv bilan ta’minlangan bo‘lib, hozirda 30 gektar paxta maydoni sug‘orilmay qolgan.

«Bugungi kunda DM-1 kanali hududidagi g‘alladan bo‘shagan barcha maydonlarga takroriy ekinlar (eksport) ekilgan. Paxta maydonlarining suvi takroriy ekinlar suvi bilan birgalikda navbati kelib qolganligi uchun suvga bo‘lgan talab kundan kunga oshib bormoqda. Ob-havoning keskin isib ketishi natijasida suvga bo‘lgan ehtiyoj yana ham oshdi», — deyiladi boshqarma xabarida.

Xabarda aytilishicha, har yillik prognoz ma’lumotlariga qaraganda, Vegetatsiya mavsumida JBNS sistemasida 60 m3/s nasos agregati ishlatilishi lozim. Bugungi kunda JBNS sistemasida 50 m3/s nasos agregati ishlamoqda. Sharof Rashidov tumaniga vegetatsiya mavsumida iyul oyining birinchi dekadasida ajratilgan cheklangan suv miqdori 3,24 m3/s qilib belgilangan. Hozirda DM-1 kanalidan Sharof Rashidov tumaniga o‘tadigan suvning miqdori 4,4 m3/s tashkil etadi.

«Keltirib o‘tilgan ma’lumotdan bilish mumkinki, bunda suv borasida tanqislik kelib chiqishi tabiiy holatdir», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyul kuni Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani «Qulpisar» FXXU hududida DM1 kanalida 10 kundan beri suv yo‘qligi oqibatda hududdagi paxta maydonlari suvsiz qolgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Jizzax tumanlaridan biri suvsiz qolishiga nima sabab bo‘layotgani ma’lum bo‘ldi