Fargʻonada boʻhton qurboni boʻlib, sud hukmi bilan oqlangan oʻqituvchidan prokuror 25 yil avvalgi xatolik uchun uzr soʻradi.
Adolat baribir qaror topadi. Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudi kassatsiya sudlov hayʼati tomonidan Bagʻdod tuman sudining 1994-yil 20-dekabrda Tursunxoʻja Abdurahmonovga nisbatan chiqargan ayblov hukmi bekor qilindi.
Sudning hukmiga koʻra, T.Abdurahmonov bir dona qirqma ov miltigʻini yotoqxonasidagi yostiq ostida va 41 gramm koʻknor boshoqlarini mehmonxonasidagi deraza tokchasida qonunga xilof ravishda saqlaganlikda ayblangan va 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, mehnatga majburan jalb qilingan edi. Viloyat sudi mazkur jinoyat ishini koʻrib chiqib, uni jinoyat sodir etmagan deb topdi va uni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan reabilitatsiya qildi, yaʼni oqladi.
Sudda aniqlanishicha, oʻqituvchilar ish haqini oshirish haqida Prezidentga murojaat qilishgani uchun maktabning ilmiy mudiri T.Abdurahmonov oʻsha vaqtdagi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi tomonidan uyushtirilgan boʻhton qurboni boʻlgan.
–Faoliyatim davomida koʻplab oqlov hukmlari chiqarilgan, lekin bunisi boshqacha boʻldi,– deydi jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudining sudyasi Rahmatjon Arapov.– Jarayon davomida davlat ayblovini quvvatlovchi prokuror T.Abdurahmonovga nisbatan oqlov hukmi chiqarish lozimligini aytdi. Undan oʻsha vaqtda yoʻl qoʻyilgan xatolik uchun uzr soʻradi, sudlov hayʼati oqlov hukmi chiqardi, 70 yoshni qoralayotgan nuroniy otaning koʻzlaridan esa sevinch va shukur yoshlari oqdi. Ayrim shaxslar kabi asossiz sudlangani uchun gina saqlamasdan Oʻzbekistonimiz ravnaqi yoʻlida fidokorona mehnat qilgan, murabbiylik faoliyati davomida Vatanni sevish, shijoat, halollik, ilmga intilish kabi tuygʻularni minglab yoshlar qalbiga singdira olgan va farzandlarini ham jamiyatning ilgʻor vakillari sifatida ulgʻaytira olgan Tursunxoʻja ota Abdurahmonovdan har qancha oʻrnak olsa arziydi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?