9 374
Lola Karimova rassom Javlon Umarbekovning asarlari to‘plami nashr etilgani haqida xabar qildi
“Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillyaeva O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston xalq rassomi Javlon Umarbekovning asarlari to‘plami nashr etilgani haqida xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ommaga yuzlanar ekan, Karimova-Tillyaeva quyidagilarni yozib qoldirdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.
“O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakolatxonasi zamonaviy o‘zbek tasviriy san’atining eng yorqin namoyondalaridan biri bo‘lmish, atoqli rassom Javlon Umarbekovning asarlari to‘plamini nashr etdi. Ushbu nashr buyuk rassomning nafaqat hayoti va ijodining muhim bosqichlari, balki qariyb yarim asrlik ijodiy yo‘li davomida zamonaviy o‘zbek san’atiga qo‘shgan ulkan hissasini yoritib berishni o‘z oldiga maqsad qilib olgan.
Javlon Umarbekovning serqirra ijodi xalqimizning boy madaniy va tarixiy an’analari-yu adabiy merosini o‘zida mujassam etgan hamda sharq va g‘arb madaniyatlarining o‘zaro ta’siridan ilhom olgan.
Umarbekov asarlari tasviriy san’atning yuksak mahorat bilan yaratilgan mevasi bo‘libgina qolmay, insonlar va ona zamin qiyofasida mujassam etilgan ijodkor jonli tafakkurining mahsuli hamdir.
Ustoz san’atkoring boy ijodiy merosi mamlakatimizning chinakam faxriga aylangandir. Uning haqiqat, go‘zallik, ezgulik va donolik kabi tushunchalarni ifoda etuvchi asarlari, san’at yangi yoki eski bo‘lishi mumkin emasligini namoyon etadi. San’at hamisha yosh va abadiydir”. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?