Toshkent metrosi Yunusobod yo‘nalishining ikkinchi bosqichi 2017-2019 yillarda amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirish doirasida qurilishi yakunlanmagan ob’ektlarning qiymati qayta baholash hisobga olingan holda 2016 yil 1 oktyabriga 6,91 mlrd so‘mni tashkil qiladi.
Qiymati 124,8 mln dollarlik loyiha O‘zbekiston Davlat byudjeti (72 mln dollar) va O‘zbekiston Respublikasi rekonstruksiya va taraqqiyot fondi (52,8 mln dollar) mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Fond import qurilmalar va butlovchi buyumlar sotib olinishi, xorijiy mutaxassislar tomonidan loyihaviy hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish uchun xizmatlarning to‘lanishi, qurilishning texnik nazorati va boshqalar uchun kredit taqdim qiladi.
Fondning krediti 4 yillik imtiyozli davr bilan 15 yillik muddatga beriladi. Kredit bo‘yicha foiz stavkasi yillik 2,5 foizni tashkil qiladi.
Yunusobod yo‘nalishi yana uchta stansiyaga uzaytiriladi, ularning ishchi nomlari "Fayzulla Xodjaev", "Yunusobod" va "Turkiston". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"