09:38 / 18.11.2017
5 610

Notanishdan sotib olingan noqonuniy mahsulotning taqdiri nima bo‘ldi?

Notanishdan sotib olingan noqonuniy mahsulotning taqdiri nima bo‘ldi?
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari neft mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali yashirincha olib o‘tilishi va ichki hududda noqonuniy aylanishining oldini olish yuzasidan zarur tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida harakatlanayotgan fuqaro Siroj Diyorov boshqaruvidagi Nexia avtomashinasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish jarayonida avtomashina saloni va yukxonasiga texnik, yong‘in xavfsizligi talablariga zid ravishda 23 ta yelim idishda dizel yonilg‘isi borligi aniqlandi.

Jami 930 litrni tashkil qiluvchi ushbu neft mahsulotlariga tegishli hujjatlar so‘ralganda, Siroj Diyorov mahsulotni go‘yoki notanish kimsalardan sotib olganini bildirdi.

Tegishli hujjatlar taqdim qilishning imkoni yo‘qmi, demak, faoliyat — noqonuniy.

Salkam 4 million 200 ming so‘mlik dizel yonilg‘isi hamda Nexia avtomashinasi vaqtincha saqlovga topshirildi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Notanishdan sotib olingan noqonuniy mahsulotning taqdiri nima bo‘ldi?