14:27 / 24.03.2018
4 569

Qo‘qonlik fuqaro avtomashinasidan qariyb 6 kilogramm marixuana chiqdi

Qo‘qonlik fuqaro avtomashinasidan qariyb 6 kilogramm marixuana chiqdi
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida qariyb 6 kilogramm marixuana topildi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 16 mart kuni IIBga tushgan ma’lumotga ko‘ra, “Achchiqqo‘l” dahasi 42-uyda yashovchi, 1969 yilda tug‘ilgan B.Q. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli avtomashina Charxiy ko‘chasida tekshirilganida, haydovchi o‘rindig‘i ostidan polietilen qopga solingan 5 kilogramm 817 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qo‘qonlik fuqaro avtomashinasidan qariyb 6 kilogramm marixuana chiqdi