Toshkent viloyatida mart oyining boshida eshak aravani mast holatda boshqarib ketayotgan erkakka nisbatan viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Bu haqda «Daryo» Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmatiga xizmatiga tayanib xabar berdi[right][/right].
YHXB tomonidan taqdim etilgan videoda tunda katta yo‘lda eshak aravani yolg‘iz o‘zi boshqarib kelayotganini ko‘rish mumkin. Erkak inspektor tomonidan ekspertizadan o‘tish uchun taklif etiladi.
Boshqarma matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, eshak aravani mast holatda boshqargan erkakka nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 5-qismi (Moped, velosiped haydovchining, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxsning alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast bo‘lgan holda yo‘l harakati qoidalarini buzishi) bo‘yicha eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (2018 yil 26 mart holatiga ko‘ra EKIHning besh baravari 516 720 so‘mga teng).
Viloyat IIB YHXB haftada bir kun «Avtopatrul tun» profilaktika tadbirini o‘tkazmoqda. 24 mart kungi tadbir davomida YPX inspektorlari mast holatda mashina boshqarish bo‘yicha 89 ta, tegishli hujjatlarsiz transport vositasini boshqarish bo‘yicha 70 dan ortiq holatni aniqladi. 150 dan ortiq avtomashinalar vaqtinchalik jarima maydonlariga qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi