5 374
IIBB Toshkentda 14 yoshli qiz olib qochilgani va zo‘rlangani haqidagi xabarni rad etdi
Shu yilning 10 avgust kuni ba’zi axborot saytlarida 9 avgust kuni Yakkasaroy tumanida 14 yoshli qizning olib qochilgani va zo‘rlangani haqidagi xabar tarqatildi, deb ma’lum qilmoqda Toshkent IIBB axborot xizmati.
Muallifning so‘zlariga ko‘ra, bu xabarni saytning go‘yoki ishonchli manbasi tasdiqlagan. «Toshkent shahar IIBB hamda tizimdagi IIOFMB xodimlari tomonidan ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qidirilayotgani aytilmoqda», – deb yozilgan o‘sha xabarda.
Toshkent shahar IIBB ushbu ma’lumot haqiqatga mos emasligini ma’lum qildi. Qolaversa, avgust oyi mobaynida Yakkasaroy tumani IIO FMB va IIBlariga bu turdagi og‘ir jinoyat yuzasidan bironta ham ariza kelib tushmagan.
«Mazkur «yangilik»ni ichki ishlar organlarini obro‘sizlantirish va o‘ziga arzon reyting ishlab olish maqsadida e’lon qilingan asossiz ma’lumot sifatida baholash mumkin.
O‘z navbatida, OAV vakillarini chop etiladigan har bir xabar uchun mas’uliyatni his qilishga, axborotni ishonchli manbalardan olishga chaqirib qolamiz», - deyiladi xabarda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
“Barselona”da yangi mojaro boshlandi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”