2018 yil 9 sentyabr kuni Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumani “Yangi diyor” mahallasi hududidan oʻtgan 4R-110 avtomobil yoʻlida oʻtkazilgan tadbir davomida, “Lasetti” rusumli avtomashina toʻxtatildi.
Haydovchidan tegishli hujjatlarni taqdim etishi soʻralganida, u oʻzini Denov tumani “Lochin” mahallasida yashovchi fuqaro N.A. deb tanishtirib, avtomashinani boshqarish huquqini beruvchi hamda avtomashinaga tegishli biron bir hujjatni taqdim etolmaganligi sababli, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi oʻrnatilgan tartibda vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shundan keyin, haydovchi N.A. maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmasligi hamda avtomashinasini jarima maydonidan shu kuni chiqarib berishi evaziga 100 000 (yuz ming) soʻm pulni pora sifatida berishini taklif etgan.
Shu kuni soat 16:40larda Muzrabot tumani “Muzrabot Darvoza” mahallasi hududida Angor tuman prokuraturasi, viloyat IIB Oʻz xavfsizligi boʻlimi hamda Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro N.A. Ichki ishlar xodimi P.X.ga 96 ming soʻm pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda ushlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Angor tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi