Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hokimi oʻrinbosari 100 dollar miqdorida pora olayotganida qoʻlga tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Avvaliga fuqarolar J.S. va X.P.larning murojaati yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Boysun tuman kadastr boʻlimi mutaxassisi S.A. fuqaro J.S.dan uning qarindoshi X.P.ning nomiga 0,30 ga lalmi yer uchastkasi ajratib berish evaziga 30 million soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Qoʻlga olingan S.A. yer ajratish boʻyicha hujjatlarni tuman hokimiga imzolatishi uchun hokimning oʻrinbosari M.Sh.ga 100 AQSH dollari berishi kerakligini, qilmishidan pushaymonligini bildirib, mazkur jinoyatni fosh etishda faol ishtirok etishini maʼlum qilgan”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.
Shunga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Boysun tuman hokimining oʻrinbosari M.Sh. tuman kadastr boʻlimi mutaxassisi S.A.dan 100 AQSH dollarini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi