Toshkent shahrida qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan sayyor yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi, deb yozmoqda Kun.uz.
Majlisda Yunusobod tumanidagi “Matonat” mahalla guzari binosi qurilishi uchun yer maydoni ajratish toʻgʻrisidagi Yunusobod tumani hokimi tomonidan qabul qilingan qaror bekor qilindi.
Qurilish ishlari toʻxtatilib, qurilish maydoni hududi obodonlashtirilmoqda, uning oʻrnida bolalar maydonchasi bunyod etilyapti. Ushbu ishlarning nihoyasiga 5 kun muhlat berilgan.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 11 sentyabr kuni Yunusobod tumani hokimi Baxtiyor Abdusamatov katta miqdordagi pora bilan qoʻlga olingani xabar qilindi.
Manbaning maʼlum qilishicha, B.Abdusamatov investorga joy taqdim etish maqsadida 400 ming AQSH dollari miqdoridagi pulni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?