O‘zbekiston milliy terma jamoasining JCh-2018 saralashi doirasida Qatarga qarshi safarda kechgan va 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan o‘yinidan so‘ng matbuot anjumani o‘tkazildi.
Unda ishtirok etgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘yin borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Barchaga xayrli kech. Mamlakatimiz og‘ir judolikka yuz tutdi. Butun xalqimiz hozirda motamda. Biz bugun yurakdan o‘ynadik. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emasdi.
O‘yindan avval o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tganimdek, biz Qatar terma jamoasini juda yaxshi o‘rganib chiqqandik va og‘ir o‘yin bo‘lishini bilgan holda, unga tayyor edik. Bu erdagi ob-havo sharoiti qanday ekanini ham bilar edik. Shuning uchun bizga kutilmagan voqelik yuz bergani yo‘q.
Bugun tartibli o‘yin namoyish qildik. Raqib ham juda tartibli himoyalanganini aytishim mumkin. Bugungi – taktik o‘yin bo‘ldi. O‘yinning ikkinchi qismida yaxshiroq harakat qila boshlaganimiz bejizga emas, biz buni rejalashtirgandik. Buning uchun bizda yaxshi zahira ham bor edi. O‘yin yakunida bizning jamoa yaratuvchanlik borasida kuchliroq bo‘ldi va gol ham shuning mahsuli edi. Vazifa g‘alaba qozonish edi va u bajarildi.
Biz guruh peshqadamiga aylandik. Bizning falsafamiz – navbatdagi har o‘yin eng muhimi. Har doim oldinda turgan o‘yinga e’tibor qaratamiz va faqat shu haqida o‘ylaymiz. O‘ylaymanki, mana shunday munosabat bilan biz Jahon chempionati orzusini ro‘yobga chiqara olamiz”, deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.
Qayd etish kerakki, Samvel Babayan terma jamoa bilan 13 o‘yinda 12-g‘alabasini nishonladi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha u terma jamoa bosh murabbiylari orasida yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda 7 o‘yinda 6 g‘alaba qozongan Mahmud Rahimov (bevaqt o‘limi tufayli terma jamoani boshqara olmagan) va 18 o‘yinda 13 g‘alaba qozongan Rustam Akramov bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi