O‘zbekistonlik taekvondochilar Jahon kubogida hozirgacha 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

  • 04 dekabr 2016, 19:08
  • 4 102
  • Sport
  • O‘zbekistonlik taekvondochilar Jahon kubogida hozirgacha 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi

    Belarus poytaxti Minsk shahrida taekvondo ITF bo‘yicha Jahon kubogi bahslari davom etmoqda. Dunyoning 22ta davlatidan jami 1300 nafar sportchi qatnashayotgan yilning so‘nggi nufuzli musobaqasida O‘zbekiston yoshlar va kattalar terma jamoasi ham to‘liq tarkibda (47 nafar) ishtirok etyapti, deb xabar bermoqda "Olamsport".

    Hamyurtlarimiz kechagi kungi bahslardan so‘ng 8ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lishdi.

    O‘z vazn toifalarida Jasurbek Salimov (45 kg), Malika Chorieva (63 kg), Kamronbek Toxirov (40 kg), Ruxshona Saidova (29 kg), Zarguna Axrorqulova (35 kg), Mahfuza Jumaboyeva (40 kg) oltin medal bilan taqdirlanishdi.

    Til bahslarida Zarguna Axrorqulova va Aleksandr Chetvertikov ham shoxsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Sabina Mahmanazarova esa til bahslarida kumush medalga sazovor bo‘ldi.

    Terma jamoamiz a’zolaridan Denis Kim, Evgeniy Kim, Gulijon Bahromova (46 kg), Nafisa Usmonova (23 kg) va Oygul Bolat (52 kg) bronza medali bilan Toshkentga qaytishadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekistonlik taekvondochilar Jahon kubogida hozirgacha 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi