Arsenal APLda ketma-ket 17 o‘yinda gol urmoqda

Angliya chempionatining 20-turida Londonning «Arsenal» jamoasi «Bornmut»ga qarshi bahsda irodali g‘alabani rasmiylashtirdi. Ortga qaytish jarayonida «kanonirlar» raqib darvozasiga uch bor aniq zarba yo‘lladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija «Arsenal»ning APLdagi seriyasini yanada uzaytirdi: jamoa ketma-ket 17 uchrashuvdan beri hech bo‘lmaganda bittadan gol urib kelmoqda. So‘nggi marta Arteta shogirdlari gol ura olmagan o‘yin yozning oxirgi kuniga to‘g‘ri kelgan — 2025 yil 31 avgustda «Liverpul» ularni minimal hisobda mag‘lub etgandi.
Qizig‘i shundaki, «Arsenal» APLdagi navbatdagi uchrashuvini ham aynan «Liverpul»ga qarshi o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, «kanonirlar» Angliya chempionligini oxirgi bor 2004 yilda qo‘lga kiritgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing