Maduэke Arsenal gʻalabasidan soʻng Gabrielni maqtdi

Londonning “Arsenal” qanot hujumchisi Noni Maduэke “Bornmut”ga qarshi bahsda Gabriel dos Santosning oʻyiniga alohida toʻxtaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv boshida braziliyalik markaziy himoyachi qoʻpol xatoga yoʻl qoʻyib, raqibga gol sovgʻa qildi. Biroq Gabriel tezda oʻzini oqladi: hujumga qoʻshilib, hisobni tenglashtirgan golni urdi. Yakunda “kanonirlar” 3:2 hisobida zafar quchdi.
“Gabrielga haqqini berish kerak — o‘sha xato uni sindirmadi. Bunday holat hammaning boshidan o‘tadi, ayniqsa yuqori darajada. U epizodni haqiqiy hujumchidek yakunladi, gol urgani uchun juda xursandman. Gabriel juda yaxshi”, — deya Maduэkening soʻzlarini jurnalist Konnor Hamm keltirdi.
Joriy APL mavsumida Gabriel dos Santos hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!