date

Fermin Barselonaning Realga qarshi poygadagi imkonini baholadi

Fermin Barselonaning Realga qarshi poygadagi imkonini baholadi

“Barselona” yarim himoyachisi Fermin Lopes La Ligadagi chempionlik poygasi va “Real” bilan raqobat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Shanba kuni kataloniyaliklar “Espanol”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, jadvalda ikkinchi o‘rindagi Madridning “Real”idan ustunligini yetti ochkogacha oshirdi. Biroq “qirollik klubi”da bitta o‘yin zaxirada qolmoqda.

“Biz La Ligada favoritmizmi? Buni aytishga unchalik ishonchim komil emas. Oldinda hali ko‘p uchrashuvlar bor, ammo hozir vaziyatimiz yaxshi. ‘Real’dan oldindamiz va maqsadimiz — shu farqni saqlab qolish, ochkolarni yig‘ishda davom etish”, — dedi Fermin katalon derbisidan keyingi intervyusida.

Yakshanba kuni Madridning “Real” jamoasi o‘z maydonida “Betis”ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fermin Barselonaning Realga qarshi poygadagi imkonini baholadi