date

Flik Barselona uchun Ispaniya Superkubogi muhimligini ta'kidladi

Flik Barselona uchun Ispaniya Superkubogi muhimligini ta'kidladi

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya Superkubogi haqida fikr bildirdi. Musobaqa uchrashuvlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yarim final bahsi 7-yanvar kuni bo'lib o'tadi: kataloniyaliklar "Atletik" Bilbao bilan to'qnash keladi. Ikkinchi finalchi esa bir kun o'tib "Atletiko" Madrid va "Real" Madrid o'rtasidagi bahsda aniqlanadi.

Flikning aytishicha, jamoaning asosiy maqsadi — Superkubokni qo'lga kiritish. Biroq avval "Atletik" kabi qiyin raqibdan o'tish kerak. Murabbiy rejasiga ko'ra, ertaga jamoa dam oladi, undan keyingi kuni mashg'ulot o'tkazib, Saudiya Arabistoniga yo'l oladi.

Ispaniya Superkubogi finali 11-yanvar kuni o'tkaziladi. "Barselona" amaldagi chempion hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik Barselona uchun Ispaniya Superkubogi muhimligini ta'kidladi