date

Manchester Yunayted 80 mln yevrolik braziliyalik iqtidor ortidan tushdi

Manchester Yunayted 80 mln yevrolik braziliyalik iqtidor ortidan tushdi

«Manchester Yunayted» Braziliyaning «Vasko da Gama» klubida to‘p surayotgan hujumchi Rayan uchun da’vogarlar safiga qo‘shildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

19 yoshli futbolchiga avvalroq «Bavariya», «Tottenhem», «Barselona» va boshqa Yevropa grandlari qiziqish bildirgani aytilgandi. Jurnalist Eduardo Burgos xabariga ko‘ra, endi «qizil iblislar» ham istiqbolli braziliyalikni qo‘lga kiritish poygasida qatnashmoqda. «Vasko da Gama» esa muzokarada yon bermoqchi emas va xaridorlardan tovon puli to‘liq to‘lanishini talab qilmoqda — bu summa 80 mln yevro.

Rayan qishda jamoasini o‘zgartirishi ehtimoli past, biroq yozgi transfer oynasida kelishuv bo‘lishi mumkin. Transfermarkt portali hujumchini 25 mln yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Yunayted 80 mln yevrolik braziliyalik iqtidor ortidan tushdi