Ibrohim Mbaye Afrika kubogida XXI asr rekordi o'rnatdi

Afrika millatlar kubogining 1/8 finalida Senegal Sudan ustidan 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvda dastlab sudanliklar hisobni ochdi va turnirda ilk bor o'zlari gol urishdi, biroq keyin senegalliklar ketma-ket uch bor aniq zarba yo'llab, irodali kambekni rasmiylashtirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bahsdagi so'nggi gol muallifi PSJ hujumchisi Ibrohim Mbaye bo'ldi. Ma'lum bo'lishicha, u XXI asrda Afrika kubogida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi — Mbaye hozir 17 yosh 344 kun.
Eslatib o'tamiz, futbolchi avval Fransiyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida o'ynaganiga qaramay, keyinchalik ongli ravishda Senegal terma jamoasi safida to'p tepishni tanlagan.






























Izohlar 0
…