
Transfermarkt portali bugungi holat bo‘yicha dunyodagi eng qimmat yarimhimoyachilar reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasida «Real»ning angliyalik yulduzi Jud Bellinghem turibdi — 22 yoshli futbolchining bozor bahosi 160 million yevro deb ko‘rsatilgan.
Ikkinchi o‘rinda «Barselona» xavbeki Pedri qayd etildi. 23 yoshli ispaniyalik yarimhimoyachining transfer qiymati 140 million yevro. Uchinchi pog‘ona esa «Bavariya»ning 22 yoshli lideri Jamol Musialaga tegishli — 130 million yevro.
Qizig‘i, reytingning keyingi o‘rinlarida ham “pul hidi keladigan” nomlar turibdi. U yerda 120 million yevrolik uchlik joy olgan:
- Koul Palmer («Chelsi») — 120 million yevro
- Deklan Rays («Arsenal») — 120 million yevro
- Federiko Valverde («Real») — 120 million yevro
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Transfermarkt Janluijji Donnarummani eng qimmat darvozabon sifatida ham tilga olgan edi.
Qisqasi, maydonning “miyasi” hisoblangan yarimhimoyachilar hozir futbol bozorining eng qimmat qahramonlariga aylandi. Bellinghem, Pedri, Musiala — bu ismlar hali uzoq yillar fanatlarning kayfiyatini ko‘tarishga tayyor turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.