O‘zbekistonlik 41 yoshli gimnastikachi Oksana Chusovitina Ginnesning rekordlar Kitobiga kiritildi. Bu haqda Sputniknews-uz.com xabar berdi.
U ijtimoiy tarmoqdagi surati ostiga "Endi men rasman Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildim", deb izoh qoldirgan. Oksana Olimpiada o‘yinlarida ketma-ket etti marta (1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012, 2016) ishtirok etgan gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi.
Sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Oksana Chusovitina 1975 yil 19 iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 1992 yilda Barselona shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida dastlabki oltin medalni qo‘lga kiritgan. Sportchi 2006-2012 yillarda oilaviy muammolari sabab Germaniyada yashashiga to‘g‘ri kelgan va shu yillar davomida o‘tkazilgan musoboqalarda Germaniya terma jamoasi safida ishtirok etgan. 2013 yildan yana O‘zbekiston termasi tarkibiga qaytgan.
Oksana Chusovitina faoliyati davomida Osiyo o‘yinlari chempioni, jahon kuboklari sohibi, uch karra jahon chempioni, Evropa chempioni unvoniga sazovor bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi