17:06 / 15.02.2017
5 812

Neymar «Barselona»ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlariga baho berdi

Neymar «Barselona»ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlariga baho berdi

«Barselona» hujumchisi Neymar EChLning 1/8 finali doirasida «PSJ»dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z hissiyotlarini yashirib o‘tirmadi.

Parijda kechgan uchrashuvda Luis Enrike shogirdlari 0:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyatga uchradi.

«Bu «Barselona»ga xos bo‘lmagan o‘yin edi, juda yomon o‘ynadik va bunday yirik mag‘lubiyatdan saqlanib qolishning imkoni yo‘q edi. «PSJ» bu g‘alabaga haqli edi. Ular a’lo darajada o‘ynashdi, ular bizning darvozamiz yaqinidan ketishmadi va imkoniyatlaridan juda samarali foydalanishdi. Endi biz keyingi o‘yin haqida o‘ylashimiz kerak. Vaziyatni o‘zgartirish juda qiyin. Endi biz chorak finalga chiqishimiz – deyarli ilojsiz ish», — deya Neymarning so‘zlarini keltirgan AS.

Jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 8 mart kuniga belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar «Barselona»ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlariga baho berdi