18:23 / 04.05.2024
133

Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”

Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Mashhur aralash yakkakurash (MMA) faxriysi Fyodor Yemelyanenko MMA bilan shug‘ullanishni tugatganini, endi o‘zini boksda sinab ko‘rmoqchi ekanligini aytdi.

Men MMA bilan shug‘ullanishni to‘xtatdim. Afsuski, jarohatlarim bor, endi kurasholmayman. Lekin men o‘zimni boksda sinab ko‘rmoqchiman.

Potensial raqiblar bilan dastlabki muzokaralar olib borilayotgani sabab mashg‘ulotlarda qatnashyapman. Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim, lekin u xohlamadi. Hozir biz bir nechta jangchilar bilan, aniqrog‘i, ularning promouterlari bilan muloqot qilyapmiz. Lekin hozircha ularning ismlarini e’lon qilishni istamayman. Agar kelishuvga erishilsa, yaqin orada hammasini bilib olasiz
”, — dedi Fyodor Yemelyanenko YouTube'dagi Sport+ Qazaqstan kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Fyodor Yemelyanenkoning so‘nggi jangi 2023 yilning fevralida Bellator 290 musobaqasida amerikalik Rayan Beyder bilan bo‘lib, unda rossiyalik jangchi birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi. Fyodor jami 48 ta jang o‘tkazgan, ularning 40 tasida g‘alaba qozongan (15 tasi nokaut bilan), 7 tasida mag‘lubiyatga uchragan va yana bir jang natijasi bekor qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”