
Foto: Getty Images
Yevro-2024 o‘yinlari uchun milliy terma jamoa ishtirokchilari soni 26 nafarga kengaytirildi.
UYEFA ijroiya qo‘mitasi a’zolari tomonidan o‘tkazilgan masofaviy ovoz berish orqali qaydnomadagi o‘yinchilar sonini 23 dan 26 nafarga ko‘paytirilishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
22 aprel kuni bu tashabbus UYEFAning terma jamoalar musobaqalari komissiyasi tomonidan yetarlicha ovoz bilan qo‘llab-quvvatlandi. Avvalroq, joriy musobaqada ishtirok etuvchi jamoalarning ayrim murabbiylari ham bu taklifni ilgari surishgan edi.
Musobaqadagi jamoalar 26 nafar futbolchining barchasini o‘yin uchun rasmiy tarkibga kiritishi va futbolchilar zaxira o‘rindig‘ini egallashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shunga o‘xshash amaliyot 2021 yildagi so‘nggi Yevropa chempionati, shuningdek, 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida ham amal qilgan edi.
Yevro-2024 musobaqasi Germaniyada 14 iyundan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Jamoalar qaydnomalarni 7 iyungacha topshirishlari kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar