OChL–2017 ning istiqbolli yosh futbolchilari qatoridan Dostonbek Hamdamov ham joy oldi

  • 02 mart 2017, 21:20
  • 3 667
  • Sport
  • OChL–2017 ning istiqbolli yosh futbolchilari qatoridan Dostonbek Hamdamov  ham joy oldi

    Osiyo futbol konfederasiyasi (OFK) 2017 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida yorqin o‘yini bilan ajralib turishi hamda jamoasi muvaffaqiyatiga hissa qo‘shishi kutilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan 23 nafar iste’dodli futbolchini e’tirof etdi.

    Ular orasida O‘zbekiston U-20 va U-23 terma jamoalarida to‘p surgan, 2015 yilning Osiyodagi eng yaxshi yosh futbolchisi, ayni vaqtda Toshkentning “Bunyodkor” klubi a’zosi Dostonbek Hamdamov ham bor.

    Brendon Borelo
    Klubi: “Brisben Roar” (Avstraliya)
    Yoshi: 21

    Avstraliyalik futbolchi OChL turnirida o‘z debyutini 2015 yilda o‘tkazgan va ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Bu yilgi musobaqada ham Brendon Borelo uchun o‘zgacha bo‘lishi kutilmoqda.

    Naomichi Uida
    Klubi: “Kashima Antlers” (Yaponiya)
    Yoshi: 22

    Iqtidorli himoyachi Yaponiya U-16, U-19 va U-22 termalarida o‘ynagan. Shuningdek, Naomichi Uida 2016 yili Qatarda bo‘lib o‘tgan U-23 Osiyo chempionatida Yaponiya olimpiya termasi bilan chempion bo‘lgandi.

    Kim Gun Xi
    Klubi: “Suvon Samsung Blyuuings” (Janubiy Koreya)
    Yoshi: 21

    Koreyalik yosh futbolchi 2016 yilgi OChL musobaqasida debyut o‘tkazib, guruh bosqichida “Shanxay SIPG”ga qarshi (3:0) o‘yinda dubl qayd etgandi.

    Rojer Martines
    Klubi: “Jiangsu Suning” (Xitoy)
    Yoshi: 22

    Kolumbiya terma jamoasi hujumchisi o‘tgan yili Argentinaning “Rasing” klubidan “Jiangsu Suning” jamoasiga braziliyalik Aleks Teysheyraga potensial sherik sifatida hamda Xitoyda “Guanchjou Evergrand”ning hukmronligiga yakun yasash uchun olib kelindi.

    Yosuke Ideguchi
    Klubi: “Gamba Osaka” (Yaponiya)
    Yoshi: 20

    Yaponiya U-23 terma jamoasi safida Osiyo chempioni bo‘lgan Yosuke Ideguchi ikki yil avval “Gamba Osaka”ning OChL yarim finaliga chiqishiad yordam bergan.

    Suphan Thongsong
    Klubi: “Muangtong Yunayted” (Tailand)
    Yoshi: 22

    Markaziy himoyachi 2016 yili “Muangtong Yunayted”ning so‘nggi to‘rt yilda birinchi Tailand chempionligini qo‘lga kiritishda yordam bergan. U, shuningdek, Tailand U-23 safida Osiyo chempionatida ishtirok etgan.

    Jonatan Aspropotamitis
    Klubi: “Vestern Sidney” (Avstraliya)
    Yoshi: 20

    Jonatan Aspropotamitis ikki yil avval “Vestern Sidney” safida OChL chempionligi unvonini saqlab qolish uchun harakat qilgandi. O‘shanda u atigi 1 o‘yinda maydonga tushgan, klub esa guruh bosqichida qolib ketgandi.

    Kim Syong Jun
    Klubi: “Ulsan Xyundai” (Janubiy Koreya)
    Yoshi: 22

    Kim Syong Jun o‘tgan mavsumda mamlakat chempionatida “Ulsan Xyundai”ning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Iqtidorli futbolchi OChLda yorqin o‘yin ko‘rsatishi kutilmoqda.

    Koji Kiyoshi

    Klubi: “Kavasake Fronteyl” (Yaponiya)
    Yoshi: 19

    Yosh futbolchi 2016 yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Yaponiya U-19 bilan chempion bo‘lgandi.

    Ben Garuchchio
    Klubi: “Adelaida Yunayted” (Avstraliya)
    Yoshi: 21

    Avstraliyalik futbolchi professional faoliyatini “Melburn Siti” klubida boshlagan. O‘tgan yili u o‘zi tug‘ilib o‘sgan Adelaida shahri jamoasi safiga qo‘shilib, Avstraliya chempioniga aylangandi.

    An Xyun Bum
    Klubi: “Jeju Yunayted” (Janubiy Koreya)
    Yoshi: 22

    K-Liganing o‘tgan mavsumdagi eng yaxshi yosh futbolchisi mavsum davomida 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Jamoa yakunda 2010 yildan buyon eng natijasini qayd etgan.

    Takaxiro Sekine

    Klubi: “Urava Red Daymonds” (Yaponiya)
    Yoshi: 21

    2013 yili “Urava” safiga qo‘shilgan yosh futbolchi kelasi yili asosiy tarkib a’zosiga aylangan. Sekine Yaponiya U-19 termasi safida ham to‘p surgan.

    Kaio Lukas Fernandes
    Klubi: “Al-Ayn” (BAA)
    Yoshi: 22

    “Al-Ayn”ning eng yaxshi hujumchilaridan biri ikki kun avval “Bunyodkor” darvozasiga gol kiritgan edi. Joriy mavsumda u BAA Pro Ligasida “Al-Ayn”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

    Almoiz Ali
    Klubi: “Lahviya” (Qatar)
    Yoshi: 20

    “Lahviya” akademiyasida tahsil olgan qatarlik futbolchi ma’lum muddat Belgiya, Avstriya va Ispaniya chempionatlarida to‘p surgan. 2014 yili Almoiz Ali Myanmada bo‘lib o‘tgan U-19 Osiyo chempionatida 3 ta gol kiritgan, Qatar esa Osiyo chempioni bo‘lgandi.

    Ahmad Al Harbi
    Klubi: “Al-Ahli” ( Saudiya Arabistoni)
    Yoshi: 22

    Yosh darvozabon o‘tgan yili Jidda klubida debyutini o‘tkazib, jamoaning uzoq yillik posboni Yosir Al Mosaylim bilan 1-raqam uchun raqobatlik qilmoqda.

    Dostonbek Hamdamov
    Klubi: “Bunyodkor” (O‘zbekiston)
    Yoshi: 20

    G‘oyalarga boy hujumkor yarim himoyachi ikki kun avval OChL–2017 doirasida “Al-Ayn” darvozasiga bitta gol urgandi. Yakunda Toshkent klubi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa-da, Dostonbek Hamdamov OChL–2017 da o‘zini ko‘rsata oladigan istiqbolli futbolchilardan biri sifatida e’tirof etilmoqda.

    Ali Alipur
    Klubi: “Persepolis” (Eron)
    Yoshi: 21

    “Persepolis” klubining OChLga qaytishi 21 yoshli Ali Alipurga o‘zini ko‘rsatish uchun ko‘mak beradi.

    Muhammad Jamol
    Klubi: “Al-Jazira” (BAA)
    Yoshi: 22

    Iqtidorli yarim himoyachi “Al-Jazira”ning mamlakat chempionatida peshqadamlik qilishiga katta hissa qo‘shmoqda.

    Abdulla Al Ammar
    Klubi: “Al-Fotih” (Saudiya Arabistoni)
    Yoshi: 22

    “Al-Hilol”dan ijaraga olingan futbolchi “Nasaf”ga qarshi (1:0) OChL pley-off bosqichida maydonga tushib, jamoasining guruh bosqichiga yo‘l olishiga hissa qo‘shgandi.

    Mehran Derakshanfar
    Klubi: “Zob Ahan” (Eron)
    Yoshi: 18

    2016 yili “Zob Ahan” safida o‘z debyutini o‘tkazgan yosh mahorat egasi chap qanotda himoya va yarim himoyada birdek yaxshi o‘yin ko‘rsata oladi.

    Ahmad Rashid
    Klubi: “Al-Vahda” (BAA)
    Yoshi: 20

    So‘nggi ikki yil davomida yosh himoyachi jamoaning asosiy tarkib o‘yinchilaridan biriga aylandi. Uning Osiyo Chempionlar Ligasida porlashi kutilmoqda.

    Leo Bonatini
    Klubi: “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni)
    Yoshi: 22

    Braziliyada tug‘ilgan italiyalik futbolchi 2016 yil yarmida “Al-Hilol” safiga qo‘shilgandi. Jamoaning yosh futbolchidan umidi katta.

    Farshid Ismoili
    Klubi: “Istiqlol” Tehron (Eron)
    Yoshi: 23

    Farshid Ismoili Eron U-23 terma jamoasi tarkibida U-23 Osiyo chempionati chorak finaliga qadar etib borgandi. 2015 yilda “Istiqlol” safiga qo‘shilgan yarim himoyachi jamoaning asosiy a’zosiga aylandi.

    Manba: www.the-uff.com

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » OChL–2017 ning istiqbolli yosh futbolchilari qatoridan Dostonbek Hamdamov ham joy oldi