22:39 / 03.04.2017
5 157

«Barsa» tor-mor qilgan «PSJ» «Monako» darvozasiga 4 ta gol urib, Liga kubogida zafar quchdi

Aprel oyi «PSJ» klubi uchun omadli kelib, jamoa Fransiya Liga kubogida zafar quchishning uddasidan chiqa oldi, deb yozadi Daryo.uz.
«Barsa» tor-mor qilgan «PSJ» «Monako» darvozasiga 4 ta gol urib, Liga kubogida zafar quchdi
Chempionlar ligasidan qolib ketgan Parij klubi finalda xalqaro maydonda kurashni davom ettirayotgan «Monako» bilan to‘qnash keldi va 4:1 hisobida zafar quchdi. Ikkinchi bo‘limda dubl qayd etgan Edinson Kavani uchrashuv qahramoniga aylandi.

Ma’lumot uchun, Fransiya chempionatida «Monako» raqibini 3 ochko ortda qoldirgani holda peshqadam bo‘lib turibdi. Bunda Monakodagi o‘yin mezbonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakuniga etgan bo‘lsa, «PSJ» o‘z maydonida 1:1 hisobini qayd etgandi. Liga kubogida Unai Emeri boshchilik qilayotgan jamoa buning uchun revansh olishga muvaffaq bo‘ldi.

Fransiya Liga kubogi
Final
1 aprel, shanba

«Monako» — «PSJ» 1:4


Gollar: Yulian Draksler, 4 (0:1). Lema, 27 (1:1). Anhel Di Mariya, 44 (1:2). Edinson Kavani, 54 (1:3). Edinson Kavani, 90 (1:4).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barsa» tor-mor qilgan «PSJ» «Monako» darvozasiga 4 ta gol urib, Liga kubogida zafar quchdi