21:37 / 30.04.2017
4 098

Mourino: Biz aprelda 9 ta o‘yin o‘tkazdik. Bu insonlarga xos emas. Jamoa 22 tadan 13-14 taga qisqarib ketdi

Mourino: Biz aprelda 9 ta o‘yin o‘tkazdik. Bu insonlarga xos emas. Jamoa 22 tadan 13-14 taga qisqarib ketdi
«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Joze Mourino «Suonsi» (0:0) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Taqvim va yo‘qotishlar haqida

«Biz muhim ochko va futbolchilarni yo‘qotdik, bugun yomon kun bo‘ldi. Biz o‘yin davomida toliqqan va holdan toygan tarzda ko‘rinmadik, aslida esa biz toliqqan va holdan toyganmiz.

Bu bizning aprel oyidagi to‘qqizinchi o‘yinimiz. Bunday taqvim insonlarga xos emas. Jamoa tarkibi 22 tadan 13-14 taga qisqarib ketdi, futbolchilar charchashdi.

Lingard va Yang qolganlardan ko‘ra tetikroq ko‘rinishdi, chunki ular o‘tgan o‘yinda harakat qilmagan edilar. Men futbolchilar o‘yinidan to‘liq qoniqdim – ular bor kuchlarini sarfladilar. Men ularni tanqid qilmayman».

Jarohatlar borasida (o‘yinni Lyuk Shou va Erik Bayilar jarohat sabab tark etdilar)

«Jarohatlar borasida ma’lumotga ega emasman. Menimcha, Shouning jarohati jiddiy. O‘yinning 10-daqiqasida maydonni tark etishga majbur qiladigan jarohat – jiddiy bo‘lsa kerak.

Endi, oyoqni sindirib olmaslik uchun har bir qadamni o‘ylab bosamiz shekili. Jons va Smolling haqida gapirishni xohlamayman. Yaxshisi Mata haqida gapiraman, u maydonga tezroq qaytish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilmoqda.

Payshanba kuni bor kuchimizni maydonga tashlaymiz. Evropa Ligasi finaliga chiqamizmi yoki yo‘q, buning farqi yo‘q, menning yigitlardan ko‘nglim to‘q».

Natija to‘g‘risida

«Menimcha, durang – bu yaxshi natija emas, ammo futbolchilar barcha kuchlarini sarfladilar. Biz mana shu kayfiyatda oxirigacha boramiz. Biz kurashamiz va mag‘lubiyatga uchramaymiz.

«Suonsi» bugun tetik va intizomli ko‘rindi. Chunki ular ushbu mavsum nari borsa 40 ta o‘yin o‘tkazdilar», – deydi Mourino.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino: Biz aprelda 9 ta o‘yin o‘tkazdik. Bu insonlarga xos emas. Jamoa 22 tadan 13-14 taga qisqarib ketdi