Angliya chempionatining 36-turida «Arsenal» «Manchester Yunayted»ni qabul qildi.
O‘yinning 54 va 57 daqiqalarida Granit Chaka va Denni Uelbek tomonidan urilgan gollar mezbonlarga g‘alaba keltirdi, deb yozadi Kun.uz.
Shu tariqa, londonliklar ustozi Arsen Vengerning Joze Mourinoga qarshi o‘yinlardagi statistikasida ilk g‘alaba paydo bo‘ldi.
Shuningdek, bu o‘yindan keyin «MYu»ning APLda 25 o‘yindan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasi yakunlandi. Joze Mourino jamoasi oxirgi marta 2016 yilning 23 noyabrida, chempionatning 9-turida «Chelsi»ga 0:4 hisobida yutqazgandi.
Bu g‘alabadan keyin ham «Arsenal» 63 ochko bilan oltinchi o‘rinda qolmoqda. «MYu» 65 ochko bilan beshinchi o‘rinda joylashgan.
Angliya chempionati, 36-tur
Arsenal – Manchester Yunayted 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 54 Chaka, 2:0 – 57 Uelbek.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal, Gibbs, Holding, Remzi, Oksleyd-Chemberlen, O‘zil, Chaka (Koklen, 76), Sanches, Uelbek.
Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Darmian, Tuanzebe, Smolling, Mxitaryan (Lingard, 61), Kerrik, Errera (Reshford, 63), Mata, Marsiyal, Runi.
Ogohlantirishlar: Koselni (67). “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Erdo‘g‘on: “Amaldagi konstitutsiya Turkiyaning demokratik tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi”
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”