AQSh oʻlim jazosiga qoʻyilgan cheklov bekor qilinganini rasman eʼlon qildi

AQSH Adliya vazirligi federal darajada o‘lim jazosiga qo‘yilgan moratoriy bekor qilinganini rasman e’lon qildi. Mazkur qaror bilan Jo Bayden davrida o‘rnatilgan cheklovlar tugatilib, o‘lim inyeksiyasi va otish orqali qatl qilish usullari qayta tiklanmoqda. Ushbu chora Donald Trampning 2025-yil yanvaridagi farmoniga muvofiq, barcha apellyatsiya bosqichlaridan o‘tgan mahkumlarga nisbatan jazo ijrosini tezlashtirishga qaratilgan.
AQSH Adliya vazirligi federal darajada oʻlim jazosiga qoʻyilgan cheklov bekor qilinganini rasman eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, Jo Bayden davrida joriy etilgan moratoriy tugatilib, endi eng ogʻir jinoyatlar uchun ushbu jazo turidan faolroq foydalanish rejalashtirilmoqda.
Yangi tartibga koʻra, avval qoʻllanilgan oʻlim in’eksiyasi protokoli qayta joriy etiladi. Shu bilan birga, qoʻshimcha jazo usuli sifatida otish orqali qatl qilish ham kiritilmoqda.
Adliya vazirligi vakillari qonun doirasida chiqarilgan oʻlim hukmlarini ijro etish majburiyati tiklanganini taʼkidladi.
Endi barcha apellyatsiya va shikoyat bosqichlaridan oʻtgan mahkumlar boʻyicha qatl jarayonlarini amalga oshirish imkoniyati paydo boʻladi.
Shuningdek, ishlarni koʻrib chiqishni tezlashtirish uchun ichki tartiblar ham takomillashtirilishi aytilmoqda.
Maʼlumot uchun, 2025 yil yanvar oyida Donald Tramp federal darajada oʻlim jazosini qayta tiklash haqida farmon imzolagan edi.






























Izohlar 0
…