Meta va Amazon kelishuvi Nvidia hukmronligiga zarba berishi kutilmoqda

Texno1 daqiqa o'qish234
Meta va Amazon kelishuvi Nvidia hukmronligiga zarba berishi kutilmoqda

"Meta" korporatsiyasi o'zining sun'iy intellekt tizimlarini rivojlantirish uchun "Amazon" kompaniyasining millionlab xususiy protsessorlaridan foydalanish bo'yicha shartnoma imzoladi. Mazkur kelishuv doirasida AWS Graviton chiplari sun'iy intellekt agentlarining murakkab vazifalarini bajarishga yo'naltiriladi. Bu qadam texnologiya olamida grafik protsessorlardan (GPU) ko'ra markaziy protsessorlarga (CPU) bo'lgan ehtiyoj ortayotganini ko'rsatmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Graviton chiplari maxsus ravishda real vaqt rejimida mantiqiy xulosalar chiqarish, kod yozish va qidiruv kabi hisoblash quvvatini talab qiluvchi jarayonlar uchun mo'ljallangan. Ushbu hamkorlik "Meta"ning o'z mablag'larini "Google Cloud" kabi raqobatchilardan ko'ra ko'proq AWS ekotizimiga yo'naltirishiga xizmat qiladi. Avvalroq "Meta" va "Google" o'rtasida 10 mlrd dollarlik shartnoma imzolangan edi.

"Amazon" rahbari Endi Jassi o'zining aksiyadorlarga yo'llagan maktubida korxonalar sun'iy intellekt sohasida narx va unumdorlikning maqbul nisbatini qidirayotganini ta'kidladi. Kompaniya ushbu yo'nalishda "Nvidia" va "Intel" bilan raqobatlashishni maqsad qilgan. Hozirda "Amazon" nafaqat protsessorlar, balki sun'iy intellektni o'qitish uchun mo'ljallangan Trainium chiplarini ham faol rivojlantirmoqda.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?