O‘zbekistonlik bokschilar Ostona shahrida erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasi prezidenti kubogi musobaqasidan oltin medalsiz qaytadigan bo‘lishdi.
Sports.uz xabariga ko‘ra, ushbu turnirda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan bokschilardan faqatgina Bobo-Usmon Boturov finalga chiqdi va oltin medal uchun jang qildi.
69 kilogramm vazn toifasidagi janglarda ishtirok etgan Bobo-Usmon Boturov finalda yoshlar o‘rtasida jahon chempioni Sadriddin Ahmedovga qarshi ringga ko‘tarildi va mag‘lubiyatga uchrab, kumush medal bilan kifoyalandi.
Ma’lumot o‘rnida, ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Nodirjon Mirzaxmedov, Abrorjon Qodirov, Abdulhay Shoraxmatov, Sulaymon Latipov, Ulug‘bek Komilov, Bobo-Usmon Boturov, Mahmud G‘oipov, Kozim Mardonov, Mirzobek Hasanov va Ravshan Ismoilov himoya qilgandi.
Qizlar musobaqasida esa Tursunoy Rahimova, Yodgoroy Mirzaeva hamda Nafisa Asqarova ringga chiqdi.
Shu tariqa, turnirda to‘liq tarkib bilan ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari yakunda oltin medalsiz ortga qaytadigan bo‘lishdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi