19:26 / 22.07.2017
4 641

Neymar seshanba kuni «PSJ» safiga borib qo‘shilishi mumkin

Neymar seshanba kuni «PSJ» safiga borib qo‘shilishi mumkin
«Barselona» hujumchisi Neymar kelgusi haftada «PSJ» futbolchisiga aylanishi mumkin, deb yozmoqda Uff.uz nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, fransuz jamoasi Braziliya terma jamoasi hujumchisi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon pulini 26 iyulga qadar to‘lashi kutilmoqda. Hozirgi vaqtda bu summa 222 mln. evroni tashkil qiladi. Hozirda ikkala jamoa ham yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rish uchun AQShda bo‘lib turishibdi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Barselona» prezidenti Xosep Mariya Bartomeu faqatgina moliyaviy feyr-pley talablarini buzgan holda Neymarni sotib olish mumkinligini aytgandi.

Shunday qilib, Neymar 27 iyul kuni «PSJ» vakiliga aylanib, International Champions Cup musoboqasi doirasida kechadigan «Yuventus»ga qarshi o‘yinda yangi klubi safida maydonga tushishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar seshanba kuni «PSJ» safiga borib qo‘shilishi mumkin