20:09 / 23.07.2017
4 829

Joze Mourino David De Xea kelajagi haqida fikr bildirdi

Joze Mourino David De Xea kelajagi haqida fikr bildirdi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino David De Xeani yangi mavsumni ham “qizil iblislar” tarkibida boshlashini tasdiqladi.

“Kafolat beraman, endi tarkibimizni hech kim tark etmaydi. De Xeaga “Manchester Yunayted”ni tark etish qiyin, chunki u jiddiy va sodiq harakterga ega yigit hisoblanadi.

“Real” David bilan bir necha marotaba aloqaga chiqqan. Agar futbolchining o‘zi ketishni istaganida bunga ruxsat berardim.

O‘ylaymanki, De Xea “Real”ga o‘tish haqida o‘ylamayapti. Uni mashg‘ulotlarda quvnoq va o‘z ishini sevib bajarayotganini ko‘ryapman. Shu tufayli ayta olamanki, De Xea 100 foiz “MYu”da qoladi”, - deydi Mourino.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Joze Mourino David De Xea kelajagi haqida fikr bildirdi