22:52 / 01.08.2017
3 465

Oleg Tyulkin: «Dinamo»ning maqsadi finalga chiqish

Oleg Tyulkin: «Dinamo»ning maqsadi finalga chiqish
“Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida samarqandliklar ustozi qatnashdi.

"O‘yin uchun yigitlarga rahmat deyman. Biz bu bahsga himoyaviy taktika tanlagandik va adashmadik, deb o‘ylayman. Futbolchilarimiz orqa chiziqda bexato to‘p tepishdi. Fikrimcha, birinchi uchrashuv uchun yomon natija qayd etmadik. Javob bahsi qachon o‘tkazilishi hali no’malum. Lekin biz uchun o‘yin qancha kech o‘tkazilsa, shuncha yaxshi, deb o‘ylayman. Chunki tarkibga qo‘shilgan yangi futbolchilar hali jamoaga to‘liq kirishib ketishganicha yo‘q.

Fursatdan foydalanib, bizni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Finalga yo‘llanma Samarqandda hal bo‘ladi. Maqsadimiz «Dinamo»ni finalga olib chiqish», - deydi Oleg Tyulkin.


Manba: www.fcdinamo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oleg Tyulkin: «Dinamo»ning maqsadi finalga chiqish