12:35 / 08.08.2017
5 436

Koreya murabbiyi Shin Tay Yong: O‘zbekistonni yutishimiz shart!

Koreya murabbiyi Shin Tay Yong: O‘zbekistonni yutishimiz shart!
Kelasi yili Rossiya davlatida o‘tadigan Jahon chempionatining Osiyo qit’asidagi navbatdagi saralash uchrashuvlariga tobora kam vaqt qolmoqda.
Yaxshi bilasiz, 31 avgust kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Chin yurtida Xitoy termasiga qarshi maydonga chiqadi. Oradan besh kun o‘tib esa, Toshkentda Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Samvel Babayan oldida oson bo‘lmagan vazifalar turibdi. Umuman, futbolchilarimizning ham haqiqiy salohiyati mana shu o‘yinlarda ko‘rinadi.

Biz raqiblarimiz lagerini kuzatishida davom etyapmiz.

Ma’lum bo‘lishicha, Janubiy Koreya terma jamoasi 21 avgustdan boshlab Eron ham O‘zbekistonga qarshi tayyorgarlikni boshlar ekan. Bosh murabbiy Shin Tay Yong mamlakat bosh jamoasi tarkibiga Xitoyda to‘p surayotgan legionar futbolchilarni ham jalb qilishni rejalashtirgan.

"Biz Xitoyda to‘p surayotgan futbolchilarga hali rasman taklif yubormadik. Ammo, u erda o‘ynayotgan futbolchilar Janubiy Koreya termasiga 21 kuni jalb qilinishlari mumkin. To‘g‘ri, buning uchun ularga o‘z klublari ruxsat berishlari kerak bo‘ladi. Bu borda Xitoy futbol federasiyasiga xat yuboramiz.

Bizni Eron va O‘zbekistonga qarshi juda muhim o‘yinlar kutib turibdi. Ulardan olti ochko olishimiz zarur. Boshqa yo‘li yo‘q. Biz JCh yo‘llanmasini to‘g‘ridan to‘g‘ri-qo‘lga kiritishimiz shart", - deydi Shin Tay Yong.


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Koreya murabbiyi Shin Tay Yong: O‘zbekistonni yutishimiz shart!