Mbappe Atletikoga qarshi derbida maydonga tushmaydi

Mbappe Atletikoga qarshi derbida maydonga tushmaydi

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Atletiko”ga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq mahalliy OAV fransuz futbolchisi jarohatdan tiklanib, 8-yanvar kungi derbida maydonga tushishi mumkinligini yozgandi. Biroq jurnalist Migel Anxel Diasning yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, 27 yoshli forvard “matraschilar”ga qarshi bahsda aniq o‘ynamaydi. Hatto u Superkubok uchrashuvlari bo‘lib o‘tadigan Saudiya Arabistoniga jamoa bilan birga parvoz qilmasligi ham ehtimoldan xoli emas.

“Real” – “Atletiko” uchrashuvi 00:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. Mbappe joriy mavsumda 24 ta o‘yinda 29 ta gol urib, ajoyib natija qayd etib kelmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar