date

Florentino Peres Real hujumchisining porlashidan faxrlanmoqda

Florentino Peres Real hujumchisining porlashidan faxrlanmoqda

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres hujumchi Gonsalo Garsiyaning so‘nggi o‘yinini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakshanba kuni 21 yoshli futbolchi jarohat olgan Kilian Mbappening o‘rnini munosib to‘ldirdi: La Ligada “Betis”ga qarshi bahsda xet-trik qayd etib, jamoasiga 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani ta’minlashda katta hissa qo‘shdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Peres akademiya tarbiyalanuvchisining bunday natijasidan faxrlanmoqda.

Garsiyani yozda boshqa klublar jiddiy kuzatgani, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi yorqin o‘yinidan keyin unga talab oshgani aytiladi. Shunga qaramay, “Real” istiqbolli forvard bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishni ham o‘ylamagan.

Gonsalo bu mavsum “Betis”ga qadar gol ura olmagandi — Mbappe bilan raqobat sabab u yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmay kelayotgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Florentino Peres Real hujumchisining porlashidan faxrlanmoqda