Bavariyaning yosh yulduzi kelajakda Realga o'tishni xohlaydi

Myunxenning «Bavariya» klubida to'p surayotgan 17 yoshli hujumkor yarim himoyachi Lennart Karl kelajakda Madridning «Real» jamoasi safida o'ynash niyatini yashirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, «Bavariya» uning uchun katta orzu bo'lgan ulkan klub, biroq vaqt kelib u «Real»ga yo'l olishni xohlaydi. «Real» — mening orzuimdagi jamoa. Shunga qaramay, «Bavariya» ham o'zgacha klub va bu yerda hammasi yoqadi», — deya Karlning so'zlarini keltiradi Sky Sports.
Lennart Karl «Bavariya» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u myunxenliklar safida 21 o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing