date

Gvardiola jarohatlardan keyin transferlar bo'ladimi dedi

Gvardiola jarohatlardan keyin transferlar bo'ladimi dedi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish ehtimoli haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa «Chelsi»ga qarshi o'yinda (1:1) birdaniga ikki asosiy himoyachisi — Yoshko Gvardiol va Ruben Diashni yo'qotdi. Ular ikkinchi bo'lim davomida jarohat sabab almashtirildi.

Gvardiolaning aytishicha, yanvar oyida yangi futbolchilarni olib kelish hozircha kutilmayapti. Biroq murabbiy vaziyat qanday rivojlanishini kuzatishini ta'kidladi. Shuningdek, u Gvardiol va Diashning jarohati jamoa uchun jiddiy zarba ekanini, ularning o'zaro uyg'unligi bu mavsum natijalarga katta ta'sir qilganini qo'shimcha qildi.

«Manchester Siti» navbatdagi uchrashuvini 7-yanvar, chorshanba kuni o'z maydonida «Brayton»ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola jarohatlardan keyin transferlar bo'ladimi dedi