Kanseluning kelajagi Barselona va Inter o'rtasida hal bo'ladi

«Al-Hilol»ning o'ng qanot himoyachisi Joau Kanselu Yevropaga qaytishga yaqin turibdi. Portugaliyalik futbolchiga «Inter» va «Barselona» qiziqish bildirishda davom etmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Insayder Fabritsio Romanoning yangilangan ma'lumotiga ko'ra, milanliklar Kanseluni qo'lga kiritish uchun «Al-Hilol»ga Stefan de Vrey yoki Franchesko Acherbini berishga tayyor. Tomonlar bu variantni allaqachon muhokama qilib olgan, endi masala futbolchining qaysi yo'nalishni tanlashiga borib taqalmoqda.
31 yoshli himoyachi esa «Barselona»ning yakuniy qarorini kutmoqda. Kataloniyaliklar yaqin kunlarda javob berishi kutilmoqda, biroq klub moliyaviy cheklovlar sabab hatto maoshning bir qismini to'lash sharti bilan ijarani ham kafolatlay olmayapti.
Shunga qaramay, bir narsa aniq: Kanselu bu qishda «Al-Hilol»ni tark etadi. Futbolchining o'zi esa afzal manzil sifatida La Liga grandiga ko'chib o'tishni ko'zlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!