16:02 / 11.08.2017
4 840

Angliya o‘z yo‘liga, O‘zbekistonda Oliy liga o‘yinlari boshlanmoqda

Angliya o‘z yo‘liga, O‘zbekistonda Oliy liga o‘yinlari boshlanmoqda
Bugun, 11 avgust kuni Angliya premer-ligasining yangi mavsum uchun ochilish o‘yini bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandik.

Bugun nafaqat Angliyada balki O‘zbekistonda ham Oliy liganing 17-tur uchrashuvlari boshlandi.

Ya’ni 11–12 avgust kunlari Oliy Liga 17-tur o‘yinlarining barchasi bo‘lib o‘tadi. Turning ochilish uchrashuviga Toshkentdagi “Bunyodkor” stadioni mezbonlik qiladi.

Mahalliy vaqt bilan soat 19:30 da “Bunyodkor” “Olmaliq” o‘yini boshlansa, qolgan 7 ta uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Turning markaziy o‘yini sifatida “Paxtakor” hamda “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi bellashuvni kuzatish mumkin.

Oliy liga, 17-tur anonsi
11 avgust, juma

19:30 “Bunyodkor” – “Olmaliq”
12 avgust shanba
17:30 “Metallurg – Mash’al”
19:00 “So‘g‘diyona - Lokomotiv
19:00 “Sho‘rtan – Dinamo
19:00 “Paxtakor - Neftchi
19:00 “Navbahor – Qizilqum
17:30 “Qo‘qon-1912 - Obod
19:00 “Buxoro” – “Nasaf”

Shuningdek, “Qo‘qon–1912” – “Obod”, “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” – “Neftchi” o‘rtasidagi o‘yinlar Mycujoo.tv saytida onlayn ko‘rsatiladi.

12 avgust, shanba

17:30 “Qo‘qon–1912” – “Obod” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=8130

19:00 “So‘g‘diyona” – “Lokomotiv” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=8113

19:00 “Paxtakor” – “Neftchi” — https://mycujoo.tv/ch/296?id=8114

Qayd etish joiz, 16-turda onlayn translyasiya qilinishi rejalashtirilgan 4 ta o‘yindan 3 tasi namoyish etildi. Texnik sabablarga ko‘ra “So‘g‘diyona” – “Bunyodkor” o‘yini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etilmadi.

16-turda onlayn translyasiya qilingan o‘yinlarni O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Gollandiya, Belgiya, AQSh, Norvegiya va boshqa davlatlardan kuzatishdi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya o‘z yo‘liga, O‘zbekistonda Oliy liga o‘yinlari boshlanmoqda