11:30 / 24.09.2017
5 467

Fazliddin G‘oyibnazarov keyingi jangini jiddiy raqibga qarshi o‘tkazadi

Fazliddin G‘oyibnazarov keyingi jangini jiddiy raqibga qarshi o‘tkazadi
23 sentyabr kuni o‘zbekistonlik professional bokschi va Rio Olimpiadasi chempioni Fazliddin G‘oyibnazarov o‘zining uchinchi g‘alabasida ringga ko‘tarilib g‘alaba qozongani haqida xabar bergandik.

Mashhur promouter Bob Arumga tegishli “Top Rank” promouterlik kompaniyasi mijozi bo‘lgan G‘oyibnazarov AQShning Arizona shtati Tuson shahrida meksikalik Viktor Rosasni 80:72, 80:72, 80:72 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

E’tiborlisi, G‘oyibnazarovning navbatdagi jangi qachon, qayerda va kimga qarshi o‘tkazilishi ham ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, Fazliddin G‘oyibnazarov 9 dekabr kuni AQShning Nyu-York shahrida 5 500 tomoshabinni sig‘dira oluvchi muhtasham Madison Square Garden arenasida ringga ko‘tariladi.

Fazliddinning professional ringdagi to‘rtinchi raqibi meksikalik Aleksis Del Boske bo‘ladi. 22 yoshli Boske faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, shularning 13 tasida g‘alabaga erishgan. To‘qqizta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. To‘rt bor mag‘lub bo‘lgan. Bitta jangda nokautga uchragan.

Del Boskening statistikasidan G‘oyibnazarovning keyingi raqibi ancha jiddiy bokschi ekanligini payqab olish qiyin emas. Aleksis Del Boske so‘nggi bor joriy yilning 30 iyun kuni amerikalik Ramo Assensioga qarshi jang o‘tkazgan va raqibini nokautga uchratgandi.

Ma’lumot uchun, 9 dekabr kungi boks oqshomining markaziy jangi Vasiliy Lomachenko ishtirokida o‘tkaziladi. Ukrainalik 29 yoshli bokschi kubalik 36 yoshli Gilermo Rigondoga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang birinchi yengil vazn (59 kg) toifasida o‘tkazilib, o‘rtaga Lomachenkoga tegishli WBO chempionlik kamari qo‘yiladi.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fazliddin G‘oyibnazarov keyingi jangini jiddiy raqibga qarshi o‘tkazadi