19:23 / 27.09.2017
5 241

O‘FF Dilshod Nuraliyev borasida rasmiy bayonot berdi

O‘FF Dilshod Nuraliyev borasida rasmiy bayonot berdi
O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dilshod Nuraliyev o‘z vazifasidan ozod etildi.

Bu haqda O‘FF Prezidenti Umid Ahmadjonov O‘zbekiston o‘smirlar termasining Osiyo chempionatiga saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan keyin bugun, 27 sentyabr kuni tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Dilshod Nuraliyevning arizasini ham oldik, u kishi ishdan ketdi. Ko‘p narsaga Dilshod Nuraliyev sababchi. Har bir futbolchini ham o‘rganib chiqyapmiz. Qayerdan kelgan, nima uchun bu musobaqaga borgan. Bundan keyin bunday holatlar takrorlanmaydi. Musobaqalarga til biladigan mutaxassislar safarda yuboriladi”, – dedi Umid Ahmadjonov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatiga saralash bosqichidan o‘ta olmagandi.

Manba: championat.asia

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘FF Dilshod Nuraliyev borasida rasmiy bayonot berdi