06:00 / 29.12.2017
10 570

Dunyoning eng boy sportchisi kim ekanligini bilasizmi?

Dunyoning eng boy sportchisi kim ekanligini bilasizmi?
Amerikaning eng qimmat jurnali – Forbes dunyoning eng boy sportchilari nomini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, amerikalik basketbolchi Maykl Jordan 25 boy o‘rin olgan sportchilar ro‘yxatida yetakchi bo‘ldi.

Reyting natijalariga ko‘ra, basketbolchi o‘z faoliyati davomida 1,85 mlrd dollar ishlab topgan.

Jordan – Milliy basketbol assotsiatsiyaning (MBA) afsonaviy o‘yinchilaridan biridir.

Maykl “Chikago Bullz” (1984-1993, 1995-1998), “Vashington Uizards” (2001-2003) kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan va 6 karra MBA chempioni hamda ikki marta Olimpiya o‘yinlari g‘olibiga aylangan.

Boy sportchilar ro‘yxatining kuchli uchligini golfchilar Tayger Vuds ($1,7 mlrd) va Arnold Palmerlar ($1,4 mlrd) egalladi.

Futbolchilar orasida esa eng boyi deb Angliya terma jamoasining sobiq a’zosi Devid Bekxem 800 mln dollari bilan tan olindi.

U basketbolchi Kobi Brayant bilan bir xil natija ko‘rsatib, 7-8-o‘rinlarni egalladi.

Oldinroq o‘zining beshinchi “Oltin to‘p”ini qabul qilib olgan portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu ro‘yxatning 12-qatorida qayd etildi, 725 mln dollar.

Argentina terma jamoasi a’zosi Lionel Messi esa 600 mln dollar mablag‘ bilan 16-pog‘onaga joylashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning eng boy futbolchilari ro‘yxati haqida eksklyuziv maqola taqdim etgandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Dunyoning eng boy sportchisi kim ekanligini bilasizmi?