Krishtianu Ronaldu fikricha «Oltin to‘p»ni Lionel Messi oladi

  • 13 noyabr 2015, 09:35
  • 5 986
  • Sport
  • Krishtianu Ronaldu fikricha «Oltin to‘p»ni Lionel Messi oladi

    Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu joriy mavsum "Oltin to‘p"ni "Barselona" hujumchisi Lionel Messi olishini aytib o‘tdi. Ammo shu bilan birga 30 yoshli hujumchi kelajakda albatta yana bu sovrinni o‘ziniki qilishiga ishonishini bildirgan.

    "Hammasi bu sovrin uchun beriladigan ovozlarga bog‘liq, Messi esa o‘tgan mavsum etarlicha g‘olib bo‘lgan. U Chempionlar ligasi va Ispaniya chempionatini oldi. Shunday ekan, "Oltin to‘p"ni ham u oladi.

    Individual o‘yinga kelsak, o‘tgan mavsum men uchun faoliyatimdagi balki eng yaxshisi bo‘lgandir. Va bu yaxshi holat. Men Evropaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldim. Biz Messi bilan oxirgi sakkiz yilda "Oltin to‘p"ni galma-gal olib kelmoqdamiz. O‘tgan vaqt ichida boshqa hech kim bu sovringa da’vogarlik qila olmadi.

    Messi bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Ha, biz yaqin do‘stlar emasmiz, ammo bir-birimizni hurmat qilamiz. Menimcha kelajakda "Oltin to‘p"ni yana yutishga kuchim etadi. Men yana olti, etti va balki undan ham ko‘proq yil o‘ynamoqchiman. Bu vaqt ichida jamoaviy yutuqlarga erisha olaman, deb o‘ylayman. Chunki ularsiz individual sovrinlarni yutish mumkin emas", - deydi Ronaldu.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Krishtianu Ronaldu fikricha «Oltin to‘p»ni Lionel Messi oladi