02:49 / 22.01.2018
4 373

La liga. «Barselona» safarda «Betis»ga imkoniyat qoldirmadi

La liga. «Barselona» safarda «Betis»ga imkoniyat qoldirmadi
Ispaniya chempionati 20-turi doirasidagi «Betis»hamda «arselona» o‘rtasidagi uchrashuv o‘z poyoniga yetdi. Ancha qiziqarli, tarzda kechgan jangovor o‘yinda mehmonlar 5:0 hisobida zafar quchishdi.

Ko‘plab imkoniyatlar bo‘lishiga qaramay, birinchi bo‘limda darvozalar daxlsiz qoldi.

Ikkinchi bo‘limning 59-daqiqasiga kelib, Luis Suaresning super pasidan so‘ng Ivan Rakitich birga-bir vaziyatga chiqib, hisobni ochdi.

64-daqiqada Messi oradagi farqni ikkitaga yetkazdi. 69-daqiqada Rakitich Suares oldidagi qarzini uzib, uni ajoyib pas bilan ta’minladi va urugvaylik futbolchi hisobni yiriklashtirdi.

80-daqiqada yana Messi katta sahnaga chiqdi – 4:0.

90-daqiqada Leo katta tezlikda birin-ketin raqiblarini aldab, to‘pni Suaresga yetkazdi va urugvaylik forvard yakuniy hisobni ta’minladi.

Betis – Barselona 0:5 (0:0)

21 yanvar. «Benito Vilyamarin»


Gollar: 0:1 – 59 Rakitich, 0:2 – 64 Messi, 0:3 – 69 Suares, 0:4 – 80 Messi, 0:5 – 89 Suares.

Betis: Adan, Mandi, Feddal, Durmisi, Fabian Ruis (Kamarasa, 88), Sanches, Guardado, Gerrero, Garsiya (Budebuz, 77), Telo, Leon (Ruben Kastro, 73).

Barselona: ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Vermalen (Umtiti, 43), Serdji Roberto, Buskets (Deulofeu, 81), Andre Gomesh (Paulino, 65), Rakitich, Messi, Suares.

Ogohlantirishlar: Andre Gomesh (21), Durmisi (51), Suares (67), Feddal (67).

Manba: www.stadion.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » La liga. «Barselona» safarda «Betis»ga imkoniyat qoldirmadi